Jigar serrozi - bu a’zoning surunkali kasalligi bo’lib, jigar parenximasining tiklanmas ravishda fibroz biriktiruvchi to’qima bilan almashinishi orqali kechadigan kasallik. Bu kasallik 35-60 yosh oralig’ida bo’lgan bemorlar o’limining 6 ta asosiy sabablaridan biri bo’lib, 20% hollarda bemor vafotidan so’ng shu kasallik bilan og’riganligi aniqlandi. Butun dunyoda esa bu kasallik bo’yicha har yili 40 million kishi hayotdan ko’z yumadi.